Renta to'lash sharti bilan yer uchastkasi yoki boshqa ko'chmas mulk berilganida renta oluvchi renta to'lovchi o'z majburiyatlarini bajarishini ta'minlash maqsadida bu mulkka garov huquqini oladi.
Renta sifatida pul summasi yoki boshqa ko'char mol-mulkni berishni nazarda tutadigan shartnomaning muhim sharti shuki, unda renta to'lovchi o'z majburiyatlarini bajarishning garovini taqdim etishga yoki ushbu majburiyatlarni bajarmaslik yoxud lozim darajada bajarmaslik xavfini renta oluvchi foydasiga sug'urtalashga majbur bo'ladi.
Renta to'lovchi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmasa, shuningdek renta oluvchi javobgar bo'lmaydigan holatlarda ta'minlash yo'qotilgan yoki ta'minlash sharoitlari yomonlashgan taqdirda renta oluvchi renta shartnomasini bekor qilishga va shartnoma bekor qilinishi tufayli ko'rgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
516-modda. Renta to'lashni ta'minlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.