Fuqarolik kodeksi

512-modda. Renta shartnomasi

(512-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 21 декабрдаги ЎРҚ-311-сонли Қонуни таҳририда— ЎР ҚҲТ, 2011 й., 51-сон, 542-модда)

Renta shartnomasiga muvofiq bir taraf (renta oluvchi) ko'chmas yoki ko'char mol-mulkni boshqa tarafga (renta to'lovchiga) mulk qilib beradi, renta to'lovchi esa olingan mol-mulk o'rniga renta oluvchiga vaqti-vaqti bilan belgilangan pul summasi yoki uni ta'minlash uchun boshqa shaklda mablag' berish tarzida renta to'lash majburiyatini oladi. Renta shartnomasiga muvofiq rentani muddatsiz (doimiy renta) yoki renta oluvchi hayot bo'lgan muddat mobaynida to'lash (umrbod renta) majburiyatini belgilashga yo'l qo'yiladi. Umrbod renta fuqaroni o'z qaramog'iga olgan holda umrbod ta'minlash sharti bilan belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.