Yuridik shaxslar qo'shib yuborilganida ulardan har birining huquq va burchlari topshirish hujjatida ko'rsatilganligidan yoki ko'rsatilmaganligidan qat'i nazar yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o'tadi.
Yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo'shilganida, bu yuridik shaxsga qo'shilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatida ko'rsatilganligidan yoki ko'rsatilmaganligidan qat'i nazar o'tadi.
Yuridik shaxs bo'lingan taqdirda uning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga o'tadi.
Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxs ajralib chiqqanida qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga o'tadi.
Bir turdagi yuridik shaxs boshqa turdagi yuridik shaxsga aylantirilganida (tashkiliy-huquqiy shakli o'zgartirilganida), qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatida ko'rsatilganligidan yoki ko'rsatilmaganligidan qat'i nazar yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o'tadi.
lex.uz’dagi asl matn50-modda. Yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda huquqiy vorislik
(50-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Yuridik shaxslar qayta tashkil etilganida (birlashtirilganida, bo'linganida yoki shakli o'zgartirilganida) ularning barcha huquq va burchlari yangi yuridik shaxsga o'tadi. Bu o'tish topshirish hujjatida yozilgan yoki yozilmaganligidan qat'i nazar amalga oshiriladi. Har bir qayta tashkil turi uchun huquq va burchlar o'tish tartibi boshqacha bo'ladi.
Kimga tegishli
Bu qoida barcha yuridik shaxslar — korxonalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda qo'llaniladi.
Amalda
Ikkita kompaniya birlashtirilganida birinchi kompaniyaning qarzlari, shartnomalar va mulki yangi kompaniyaga o'tadi. Yangi kompaniya eski kompaniyalarning barcha majburiyatlarini bajarishi kerak, hatto topshirish hujjatida yozilmagan bo'lsa ham.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.