Sotiladigan korxona tarkibi va uning qiymati korxonani sotish shartnomasida inventarizatsiyalashning belgilangan qoidalariga muvofiq o'tkaziladigan korxonani to'liq inventarizatsiyalash asosida aniqlanadi.
Korxonani sotish shartnomasi imzolangunga qadar inventarizatsiya dalolatnomasi, buxgalteriya balansi, auditorlik xulosasini, baholash to'g'risidagi hisobotni, shuningdek kreditorlar, ular qo'yayotgan talablar xususiyati, miqdori va muddatlari ko'rsatilgan holda korxona tarkibiga kiritiladigan barcha qarz (majburiyat)lar ro'yxatini taraflar tuzgan va ko'rib chiqqan bo'lishi kerak. Nomlari aytib o'tilgan hujjatlarda ko'rsatilgan mol-mulk, huquq va majburiyatlar, agar ushbu Kodeksning 489-moddasidan boshqacha tartib kelib chiqmasa hamda u korxonani sotish shartnomasida belgilangan bo'lmasa, sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga topshirilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
491-modda. Sotiladigan korxona tarkibini aniqlash va qiymatini baholash
(491-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 17 сентябрдаги ЎРҚ-257-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2010 й., 37-сон, 315-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.