Korxonani sotish shartnomasiga muvofiq sotuvchi sotib oluvchiga butun korxonani mulkiy majmua sifatida topshirish majburiyatini oladi, sotuvchi boshqa shaxslarga berishga haqli bo'lmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
Firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va sotuvchini hamda uning mahsulotini, u bajaradigan ish yoki ko'rsatadigan xizmatlarni shaxsiylashtiradigan boshqa vositalardan foydalanish huquqlari, agar korxonani sotish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, sotib oluvchiga o'tadi.
Sotuvchining tegishli faoliyat bilan shug'ullanishi uchun berilgan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida olgan huquqlari, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, korxonani sotib oluvchiga berilmaydi. Shartnoma bo'yicha topshiriladigan korxona tarkibiga maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo'lmagani tufayli sotib oluvchi bajara olmaydigan majburiyatlarni kiritish sotuvchini kreditorlar oldidagi tegishli majburiyatlardan ozod qilmaydi. Bunday majburiyatlarni bajarmaganlik uchun sotuvchi va sotib oluvchi kreditorlar oldida solidar javobgar bo'ladilar.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
489-modda. Korxonani sotish shartnomasi
(489-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.