Ko'chmas mulkni sotish shartnomasiga binoan ko'chmas mulkka bo'lgan mulk huquqining sotib oluvchiga o'tganligi davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim.
Mulk huquqi boshqa shaxsga o'tganligi davlat ro'yxatidan o'tkazilgunga qadar taraflarning ko'chmas mulkni sotish shartnomasini bajarishi ularning uchinchi shaxslar bilan munosabatlarini o'zgartirishi uchun asos bo'lmaydi.
Agar taraflardan biri ko'chmas mulkka bo'lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o'tganligini davlat ro'yxatdan o'tkazishdan bo'yin tovlasa, boshqa tarafning talabiga binoan sud mulk huquqi boshqa shaxsga o'tganligini davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risida qaror chiqarishga haqli. Mulk huquqi boshqa shaxsga o'tganligini davlat ro'yxatidan o'tkazishdan asossiz ravishda bo'yin tovlayotgan taraf boshqa tarafning ro'yxatdan o'tkazish kechikkanligi tufayli ko'rgan zararini qoplashi shart.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
481-modda. Ko'chmas mulkka bo'lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o'tganligini davlat ro'yxatidan o'tkazish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.