Fuqarolik kodeksi

477-modda. Energiya ta'minoti shartnomasi bo'yicha javobgarlik

(477-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Energiya ta'minoti shartnomasi bo'yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan ta'minlovchi tashkilot shu tufayli yetkazilgan zararning, abonent esa yetkazilgan haqiqiy zararning o'rnini qoplashi shart. Agar energiya berishdagi uzilishlar quvvat va energiya yetishmasligi sababli energiya bilan ta'minlovchi tashkilot tomonidan qonunchilik asosida iste'molni tartibga solish natijasida yuz bergan bo'lsa, energiya bilan ta'minlovchi tashkilot aybdor bo'lgan taqdirdagina shartnoma majburiyatlarini bajarmagani yoki tegishli darajada bajarmagani uchun javob beradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.