Energiya bilan ta'minlovchi tashkilot tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga energiya ta'minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va taraflar kelishgan energiya berish tartibiga amal qilgan holda energiya berishi lozim. Energiya bilan ta'minlovchi tashkilot bergan va abonent qabul qilgan energiya miqdori o'lchov asboblari ko'rsatkichlari bilan aniqlanadi.
Energiya ta'minoti shartnomasida abonentning o'zi qabul qiladigan energiyaning shartnomada belgilangan miqdorini energiya bilan ta'minlovchi tashkilotning energiyani shartnomada belgilanmagan miqdorda berishni ta'minlash bilan bog'liq xarajatlarini qoplash sharti bilan o'zgartirish huquqi nazarda tutilishi mumkin.
Energiyadan turmushda foydalanadigan fuqaro energiya ta'minoti shartnomasiga muvofiq abonent bo'lgan taqdirda u energiyadan o'zi uchun zarur bo'lgan miqdorda foydalanishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
470-modda. Energiya miqdori
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.