Agar sotuvchi tomonidan majburiyat buzilganligi oqibatida shartnoma bekor qilinganidan keyin oqilona muddat ichida sotib oluvchi shartnomada nazarda tutilgan tovar o'rniga boshqa shaxsdan birmuncha yuqori, ammo oqilona bahoda tovar sotib olsa, sotib oluvchi sotuvchidan shartnomada belgilangan baho bilan uning o'rniga tuzilgan bitimdagi baho o'rtasidagi farqdan iborat zararni qoplashni talab qilishi mumkin.
Agar sotib oluvchi tomonidan majburiyat buzilganligi oqibatida shartnoma bekor qilinganidan keyin oqilona muddat ichida sotuvchi tovarni boshqa shaxsga shartnomada nazarda tutilganidan birmuncha pastroq, biroq oqilona bahoda sotgan bo'lsa, sotuvchi sotib oluvchidan shartnomada belgilangan baho bilan uning o'rniga tuzilgan bitimdagi baho o'rtasidagi farqdan iborat zararni qoplashni talab qilishi mumkin.
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha shartnoma bekor qilinganidan keyin uning o'rniga boshqa bitim tuzilmagan va tovarning joriy bahosi mavjud bo'lsa, taraf shartnomada belgilangan baho bilan shartnoma bekor qilingan paytdagi joriy baho o'rtasidagi farqdan iborat zararni qoplash to'g'risida talab qo'yishi mumkin.
Tovar topshirilishi lozim bo'lgan joyda odatda o'xshash sharoitlarda bir xil tovar uchun undiriladigan baho joriy baho deb e'tirof etiladi. Agar bu joyda joriy baho mavjud bo'lmasa, tovarni tashish xarajatlaridagi farqni hisobga olgan holda boshqa joydagi uning o'rnini bosa oladigan oqilona joriy bahodan foydalanish mumkin.
Ushbu moddada nazarda tutilgan talablarni qondirish o'z majburiyatini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan tarafni boshqa tarafga yetkazgan o'zga zararni ushbu Kodeksning 14-moddasiga asosan qoplashdan ozod qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn456-modda. Shartnomani bekor qilish vaqtida zararni hisoblash
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Shartnoma bekor qilinganda, zarari bo'lgan tomon boshqa shaxsdan tovar sotib olgan yoki sotgan paytdagi narx farqini qoplashni talab qila oladi. Agar boshqa bitim tuzilmagan bo'lsa, shartnoma bekor qilingan paytdagi bozor narxi asosida hisoblash mumkin. Zarari qoplash uchun oqilona muddat ichida harakat qilish kerak.
Kimga tegishli
Bu qoida shartnomani buzgan sotuvchi yoki sotib oluvchiga tegishli.
Amalda
Agar siz 100 ming so'mga kitob sotish shartnomasini imzolasangiz, lekin sotuvchi tovarni bermasa, siz 120 ming so'mga boshqa joydan kitob sotib olsangiz, sotuvchidan 20 ming so'mni qoplashni talab qila olasiz. Agar boshqa kitob topib bo'lmasa, bekor qilish paytidagi bozor narxidan hisoblash mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.