Agar mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni mahsulot yetkazib berish shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda yetkazib bermagan bo'lsa yoxud sotib oluvchining (oluvchining) tegishli darajada sifatli bo'lmagan tovarlarni almashtirish yoki tovarlarni butlash to'g'risidagi talablarini belgilangan muddatda bajarmasa, sotib oluvchi yetkazib berilmagan tovarlarni boshqa shaxslardan olib, ularni olish bilan bog'liq barcha zarur va oqilona xarajatlarni mahsulot yetkazib beruvchi zimmasiga yuklash huquqiga ega.
Mahsulot yetkazib beruvchi tovarlarni to'liq yetkazib bermagan yoki sotib oluvchining tovarlarning kamchiliklarini bartaraf etish yoki tovarlarni butlash to'g'risidagi talablarini bajarmagan hollarda sotib oluvchining boshqa shaxslardan tovarlar olishga qilgan xarajatlari ushbu Kodeks 456-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq hisoblab chiqariladi.
Sotib oluvchi (oluvchi) tovarlarning kamchiligi bartaraf etilguncha va ular butlanguncha yoki almashtirilguncha tegishli darajada sifatli bo'lmagan va but bo'lmagan tovarlar haqini to'lashdan bosh tortish, bordi-yu, tovarlar haqi to'langan bo'lsa, –– to'langan summani qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
453-modda. Tovarlar to'liq yetkazib berilmagan, tovarlarning kamchiliklarini bartaraf etish yoki tovarlarni butlash to'g'risidagi talablar bajarilmagan hollarda sotib oluvchining huquqlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.