Yuridik shaxs qonunchilikka va ta'sis hujjatlariga muvofiq ish olib boradigan o'z organlari orqali fuqarolik huquqlariga ega bo'ladi va o'z zimmasiga fuqarolik burchlarini oladi. Yuridik shaxs organlarini tayinlash yoki saylash tartibi qonunchilik va ta'sis hujjatlari bilan belgilanadi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxs o'z ishtirokchilari orqali fuqarolik huquqlariga ega bo'lishi va fuqarolik burchlarini o'z zimmasiga olishi mumkin.
Qonunga yoki yuridik shaxsning ta'sis hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs nomidan ish olib boradigan shaxs o'zi vakili bo'lgan yuridik shaxs manfaatlari yo'lida halol va oqilona ish olib borishi kerak. U yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari, a'zolari) talabi bilan, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, yuridik shaxsga yetkazgan zararini to'lashi shart.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
45-modda. Yuridik shaxsning organlari
(45-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.