Fuqarolik kodeksi

443-modda. To'liq yetkazib berilmagan tovarlar o'rnini to'ldirish

Tovar yetkazib berishning ayrim davrida uni to'liq yetkazib bermagan tovar yetkazib beruvchi, agar tovar yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, yetkazib berilmagan tovarlar miqdorini shartnoma amal qilish muddati doirasidagi keyingi davrda (davrlarda) to'ldirishi lozim. Uzoq muddatli shartnomaga muvofiq tovar yetkazib berishning ayrim davrida mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan to'liq yetkazib berilmagan tovarlar o'rni, agar mahsulot yetkazib berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, tovarlar to'liq yetkazib berilmagan yilning keyingi davrida (davrlarida) to'ldirilishi lozim. Tovarlar mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazib berish shartnomasida yoki sotib oluvchining jo'natish raznaryadkasida ko'rsatilgan bir necha oluvchiga jo'natilgan taqdirda bir oluvchiga shartnomada yoki jo'natish raznaryadkasida nazarda tutilganidan ortiq miqdorda yetkazib berilgan tovarlar boshqa oluvchilarga to'liq yetkazib berilmagan tovarlar o'rnini qoplash uchun hisobga olinmaydi va agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, tovar yetkazib beruvchi tomonidan to'ldirilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.