Agar taraflar tovarlarni shartnomaning amal qilish muddati mobaynida turkum-turkum qilib yetkazib berishni nazarda tutgan bo'lsalar va unda alohida turkumlarni yetkazib berish muddatlari (yetkazib berish davrlari) belgilanmagan bo'lsa, tovarlar har oyda bir xil turkumlarda yetkazib berilishi lozim, basharti qonunchilikdan, majburiyatning mohiyatidan yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib anglashilmasa.
Shartnomada mahsulot yetkazib berish davrlarini belgilash bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish (o'n kunlik, sutkalik, soatlik va hokazo) jadvali ham belgilanishi mumkin.
Tovarlarni muddatidan oldin yetkazib berish sotib oluvchining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Muddatidan oldin yetkazib berilgan va sotib oluvchi tomonidan qabul qilingan tovarlar keyingi davrda yetkazib berilishi lozim bo'lgan tovarlar miqdoriga kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
440-modda. Mahsulot yetkazib berish davrlari
(440-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.