Agar qonunchilik yoki oldi-sotdi shartnomasining shartlaridan tovar bahosini muayyan muddatda to'lash majburiyati kelib chiqmasa, sotib oluvchi uni sotuvchi o'ziga tovarni yoki ushbu tovarni tasarruf qilish hujjatlarini berganidan so'ng kechiktirmasdan to'lashi lozim.
Agar oldi-sotdi shartnomasida tovar haqini bo'lib-bo'lib to'lash nazarda tutilgan bo'lmasa, sotib oluvchi sotuvchiga topshirilgan tovarning to'liq bahosi miqdorida haq to'lashi lozim.
Agar sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq topshirilgan tovar haqini o'z vaqtida to'lamasa, sotuvchi tovar haqini va o'zganing pul mablag'laridan foydalanganlik uchun foizlar to'lashni talab qilishga haqli.
Agar sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasini buzgan holda tovarni qabul qilish va haqini to'lashdan bosh tortsa, sotuvchi o'z ixtiyoriga ko'ra tovar haqini to'lashni talab qilish yoki shartnomani bajarishdan bosh tortish huquqiga ega.
Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq sotib oluvchiga haqi to'lanmagan tovarlardan tashqari boshqa tovarlarni ham topshirishi lozim bo'lganida, agar qonunchilik yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, u ushbu tovarlarni topshirishni avval topshirilgan barcha tovarlar haqi batamom to'langunga qadar to'xtatib qo'yishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
419-modda. Tovar haqini to'lash
(419-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.