Sotib oluvchi o'ziga sotuvchi tomonidan topshirilgan tovarni qabul qilib olishi shart, u tovarni almashtirib berishni talab qilish yoki oldi-sotdi shartnomasini bajarishni rad etishga haqli bo'lgan hollar bundan mustasno.
Agar qonunchilikda yoki oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, sotib oluvchi odatda qo'yiladigan talablarga muvofiq tegishli tovarni topshirish va olishni ta'minlash uchun o'zi tomonidan zarur bo'lgan harakatlarni amalga oshirishi lozim.
Sotib oluvchi qonunchilik yoki oldi-sotdi shartnomasini buzgan holda tovarni qabul qilmasa yoki qabul qilishdan bosh tortsa, sotuvchi shartnomani bajarishdan bosh tortish va zararni qoplashni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
417-modda. Sotib oluvchining tovarni qabul qilish majburiyati
(417-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.