Fuqarolik kodeksi

412-modda. But tovarlar

Agar oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga muayyan tovarlar to'plamini but holida (but tovarlar) berish majburiyati belgilangan bo'lsa, but holdagi barcha tovarlar berilgan paytdan boshlab majburiyat bajarilgan hisoblanadi. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa va u majburiyatning mohiyatidan kelib chiqmasa, sotuvchi but holdagi barcha tovarlarni sotib oluvchiga bir vaqtda topshirishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.