Agar qonunchilikda yoki oldi-sotdi shartnomasida tovarning sifatini tekshirish nazarda tutilgan bo'lsa, tekshirish ularda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Standartlarda tovarlarning sifatini nazorat qilishga nisbatan talablar belgilangan hollarda, sifat ulardagi ko'rsatmalarga muvofiq tekshirilishi kerak.
Agar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda tovarning sifatini tekshirish shartlari nazarda tutilgan bo'lmasa, tovarning sifati ish muomalasi odatlariga yoki oldi-sotdi shartnomasi bo'yicha topshirilishi lozim bo'lgan tovarni tekshirishning odatda qo'llaniladigan boshqa shartlariga muvofiq tekshirilishi lozim.
Agar qonunchilikda, shu jumladan davlat standartlarida yoki oldi-sotdi shartnomasida sotuvchining sotib oluvchiga topshiriladigan tovar sifatini tekshirish (sinash, tahlil qilish, ko'zdan kechirish va hokazo) majburiyati nazarda tutilgan bo'lsa, sotib oluvchining talabi bilan sotuvchi unga tovar sifati tekshirilganligining isbotini taqdim qilishi lozim.
Sotuvchi va sotib oluvchi tomonidan tovarning sifatini tekshirish aynan bir xil shartlarda amalga oshirilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
407-modda. Tovarning sifatini tekshirish
(407-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 3 ноябрдаги ЎРҚ-800-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 04.11.2022 й., 03/22/800/0990-сон — 2023 йил 5 ноябрдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.