Fuqarolik kodeksi

370-modda. Aktsept

(370-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Oferta yuborilgan shaxsning uni qabul qilganligi haqidagi javobi aktsept hisoblanadi. Aktsept to'liq va pisandasiz bo'lishi kerak. Agar qonundan, ish muomalasi odatidan yoki taraflarning ish bo'yicha avvalgi munosabatlaridan boshqacha ma'no kelib chiqmasa, sukut saqlash aktsept bo'lmaydi. Ofertani aktseptlash uchun belgilangan muddatda olgan shaxsning unda ko'rsatilgan shartnoma shartlarini bajarish yuzasidan qilgan harakatlari (tovarlarni jo'natish, xizmatlar ko'rsatish, ishlar bajarish, tegishli summani to'lash va h. k.), agar qonunchilikda yoki ofertada boshqacha tartib nazarda tutilmagan yoki ko'rsatilmagan bo'lsa, aktsept hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.