Fuqarolik kodeksi

363-modda. Shartnomani sharhlash

Sud shartnoma shartlarini sharhlashda undagi so'z va iboralarning asl ma'nosini e'tiborga oladi. Shartnomaning sharti aniq bo'lmasa, uning asl ma'nosi uni boshqa shartlarga va butun shartnomaning ma'nosiga taqqoslash yo'li bilan aniqlanadi. Agar ushbu moddaning birinchi qismida bayon etilgan qoidalar shartnomaning mazmunini aniqlash imkonini bermasa, taraflarning haqiqiy umumiy xohish-irodasi shartnomaning maqsadini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak. Bunda barcha tegishli holatlar, shu jumladan shartnoma tuzish oldidan olib borilgan muzokaralar va yozishmalar, taraflarning o'zaro munosabatlarida qaror topgan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning keyinchalik o'zlarini qanday tutganligi e'tiborga olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.