Xo'jalik jamiyatining ishtirokchilari yoki ayrim ishtirokchilari o'z a'zolik huquqlarini amalga oshirish to'g'risida o'zaro korporativ shartnoma tuzishga haqli. Ushbu shartnomaga muvofiq mazkur xo'jalik jamiyatining ishtirokchilari o'z a'zolik huquqlarini amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o'zini tiyish (voz kechish), shu jumladan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishida ovoz berish, jamiyatni boshqarish bo'yicha harakatlarni kelishib amalga oshirish o'z ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (aktsiyalarini) ma'lum narxda yoki muayyan holatlar yuzaga kelganda qo'lga kiritish yoki boshqa shaxsga berish yoxud qo'lga kiritishdan yoki boshqa shaxsga berishdan o'zini tiyish majburiyatini oladi.
Korporativ shartnoma yozma shaklda tuziladi va shartnoma taraflari uchun majburiydir.
Korporativ shartnomaga jamiyat ishtirokchilari jamiyat organlarining ko'rsatmalariga muvofiq ovoz berishi to'g'risidagi va jamiyat organlarining tuzilishini hamda ularning vakolatlarini belgilash haqidagi shartlar kiritilishi mumkin emas. Mazkur shartlarga zid bo'lgan korporativ shartnomaning shartlari o'z-o'zidan haqiqiy emas.
Korporativ shartnoma taraflari xo'jalik jamiyatini korporativ shartnoma tuzilganligi to'g'risida shartnoma tuzilgan kundan e'tiboran o'n besh kundan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilishi shart, bunda uning mazmunini oshkor etish talab qilinmaydi. Xabarnoma taraflarning kelishuviga ko'ra korporativ shartnoma taraflaridan biri tomonidan yuborilishi mumkin. Mazkur majburiyat bajarilmagan taqdirda, korporativ shartnoma taraflari bo'lmagan jamiyat ishtirokchilari o'ziga yetkazilgan zararning o'rnini qoplashni talab qilishga haqlidir.
Agar korporativ shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, korporativ shartnoma taraflaridan birining xo'jalik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga (aktsiyasiga) bo'lgan huquqining bekor bo'lishi qolgan taraflar uchun shartnomaning bekor bo'lishiga olib kelmaydi.
Korporativ shartnomada shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash usullari va bunday majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
358¹-modda. Korporativ shartnoma
(358¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.