Fuqarolik kodeksi

34-modda. Fuqaroni bedarak yo'qolgan deb topish oqibatlari

Bedarak yo'qolgan deb topilgan fuqaroning mol-mulkini doimiy suratda boshqarib turish zarur bo'lsa, bu mol-mulk sudning qaroriga muvofiq vasiylik va homiylik organi tomonidan belgilanadigan va ushbu organ bilan tuziladigan ishonchli boshqaruv to'g'risidagi shartnoma asosida ish olib boradigan shaxsga topshiriladi. Ushbu mol-mulkdan bedarak yo'qolgan shaxs qonunga muvofiq boqishi kerak bo'lgan fuqarolarga ta'minot beriladi va uning soliqlar va boshqa majburiyatlar bo'yicha qarzlari to'lanadi. Vasiylik va homiylik organi yo'qolgan fuqaroning qayerdaligi to'g'risida ma'lumot olingan kundan boshlab bir yil o'tganga qadar ham uning mol-mulkini muhofaza qiluvchi shaxsni belgilashi mumkin. Shaxsni bedarak yo'qolgan deb topishning ushbu moddada nazarda tutilmagan oqibatlari qonun bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.