Fuqarolik kodeksi

333-modda. Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik asoslari

(333-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Qarzdor aybi bo'lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o'ziga bog'liq bo'lgan hamma choralarni ko'rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi. Aybning yo'qligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi. Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga yengib bo'lmaydigan kuch, ya'ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo'lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon bo'lmaganligini isbotlay olmasa, javobgar bo'ladi. Qarzdorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yo'qligi, qarzdorda zarur pul mablag'larining bo'lmaganligi bunday vaziyatlar jumlasiga kirmaydi. Majburiyatni qasddan buzganlik uchun javobgarlikni bartaraf qilish yoki cheklash to'g'risidagi avvaldan kelishilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.