Vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga to'liq layoqatli bo'lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Voyaga yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi. Vasiylar va homiylarning bunga tegishli huquq va burchlari qonunchilik bilan belgilanadi.
Vasiylar va homiylar o'z himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladilar.
Voyaga yetmaganlarga vasiylik va homiylik ularning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari bo'lmagan, ota-onasi sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan taqdirda, shuningdek bunday fuqarolar boshqa sabablarga ko'ra ota-ona himoyasidan mahrum bo'lib qolgan, xususan, ota-ona ularni tarbiyalashdan yoxud ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlagan hollarda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn32-modda. Vasiylik va homiylik
(32-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Vasiylik va homiylik - bu bolalar va muomalaga layoqatsiz kattalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilangan qonuniy munosabat. Vasiy yoki homiy bu shaxsning ota-ona o'rnida turib, uning barcha ishlarini boshqaradi va sudda ham uning nomidan gapiradi.
Kimga tegishli
Bu munosabat voyaga yetmagan bolalar, shuningdek muomalaga layoqatsiz yoki to'liq layoqatli bo'lmagan kattalar uchun belgilanadi.
Amalda
Agar bolaning ota-onasi vafot etgan yoki sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan bo'lsa, sud uning o'rniga vasiy tayinlaydi. Bu vasiy bolaning ta'limi, sog'lig'i va boshqa muhim masalalarini hal qiladi, uning mulkini boshqaradi va sudda uning manfaatlarini himoya qiladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.