Majburiyat asosida kreditorga tegishli bo'lgan huquq (talab) uning tomonidan bitim bo'yicha boshqa shaxsga o'tkazilishi (talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish) yoki qonun asosida boshqa shaxsga o'tishi mumkin.
Kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o'tishi uchun, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, qarzdorning roziligi talab qilinmaydi.
Agar qarzdor kreditorning huquqlari boshqa shaxsga o'tganligi haqida yozma ravishda xabardor qilingan bo'lmasa, yangi kreditor shu tufayli kelib chiqqan o'zi uchun noqulay oqibatlar xavfini o'z zimmasiga oladi. Mazkur holda majburiyatning dastlabki kreditorga nisbatan bajarilishi tegishli kreditorga nisbatan bajarish deb hisoblanadi.
Kreditor huquqlarining boshqa shaxsga o'tishi haqidagi qoidalar regress talablarga nisbatan qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
313-modda. Kreditor huquqlarining boshqa shaxsga o'tish asoslari va tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.