Fuqarolik kodeksi

311-modda. Zakalat tushunchasi. Zakalat to'g'risidagi kelishuv shakli

Shartnoma tuzayotgan taraflardan biri shartnoma tuzilganligini isbotlash va uning ijrosini ta'minlash yuzasidan beradigan pul summasi zakalat hisoblanadi. Zakalat to'g'risidagi kelishuv zakalatning summasidan qat'i nazar, yozma ravishda tuzilishi kerak. Shartnomadagi taraf amalga oshirishi kerak bo'lgan to'lovlar hisobidan to'langan summa zakalat ekanligiga, xususan ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan qoidaga rioya qilinmasligi oqibatida, shubha tug'ilgan taqdirda, bu summa, agar boshqa hol isbotlangan bo'lmasa, bo'nak sifatida to'langan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.