Fuqarolik kodeksi

309-modda. Kafolatning bekor bo'lishi

Kafilning kafolat bo'yicha benefitsiar oldidagi majburiyati quyidagi hollarda bekor bo'ladi: 1) kafolat berilgan summa benefitsiarga to'lanishi; 2) kafolatda belgilangan muddatning tamom bo'lishi; 3) benefitsiar kafolat bo'yicha o'z huquqlaridan voz kechishi va uni kafilga qaytarib berishi oqibatida; 4) benefitsiar kafilni uning majburiyatlaridan ozod qilishi haqida yozma ariza berish yo'li bilan kafolat bo'yicha o'z huquqlaridan voz kechishi oqibatida. Kafil majburiyatining ushbu modda birinchi qismining 1, 2 va 4-bandlarida ko'rsatilgan asoslar bo'yicha bekor qilinishi unga kafolat qaytarib berilgan yoki qaytarib berilmaganligiga bog'liq bo'lmaydi. Kafolat bekor bo'lganligidan xabar topgan kafil darhol bu haqda printsipalni xabardor qilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.