Fuqarolik kodeksi

305-modda. Kafolat bo'yicha talab taqdim etish

Benefitsiarning kafolat bo'yicha pul summasini to'lash haqidagi talabi kafolatda ko'rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda kafilga yozma ravishda taqdim etilishi kerak. Talabda yoki unga ilovada benefitsiar printsipalning ta'minlash uchun kafolat berilgan asosiy majburiyatni buzishi nimadan iboratligini ko'rsatishi kerak. Benefitsiarning talabi kafolatda belgilangan muddat tugaguncha kafilga taqdim etilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.