Гражданский кодекс

283-modda. Garovning bekor bo'lishi

(283-модда биринчи қисмининг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 22 октябрдаги ЎРҚ-572-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 23.10.2019 й., 03/19/572/3943-сон)

Garov quyidagi hollarda bekor bo'ladi: 1) garov bilan ta'minlangan majburiyat bekor bo'lganida; 2) ushbu Kodeks 274-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo'lganida garovga qo'yuvchining talabi bilan; 3) garovga qo'yilgan ashyo nobud bo'lganida yoki garovga qo'yilgan huquq bekor bo'lganida, basharti garovga qo'yuvchi ushbu Kodeks 276-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqdan foydalangan bo'lmasa; 4) garovga qo'yilgan mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, shuningdek uni realizatsiya qilish mumkin bo'lmagan taqdirda (ushbu Kodeksning 281-moddasi). Ipoteka to'g'risidagi shartnoma ro'yxatdan o'tkazilgan reyestrda ipoteka tugatilganligi to'g'risida belgi qo'yilgan bo'lishi kerak; 5) agar garovga oluvchi ushbu Kodeks 282-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan huquqdan foydalanmagan bo'lsa, bundan garovga qo'yilgan mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan ta'minlanmagan kreditorlarning o'z talablarini qanoatlantirish uchun mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno. Garov bilan ta'minlangan majburiyat bajarilishi natijasida yoki garovga qo'yuvchining talabi bilan garov bekor bo'lganida (ushbu Kodeks 274-moddasining uchinchi qismi) ixtiyorida garovga qo'yilgan mol-mulk bo'lgan garovga oluvchi uni darhol garovga qo'yuvchiga qaytarib berishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

GAROVNING BEKOR BO'LISHI Nimani anglatadi Garov - bu qarz yoki boshqa majburiyatni ta'minlovchi huquq - bekor bo'ladi, ya'ni o'z kuchini yo'qotadi. Bu majburiyat bajarilganda, garovga qo'yilgan narsa yo'q bo'lganda yoki garovga oluvchi o'z huquqlaridan foydalanmaganda sodir bo'ladi. Garov bekor bo'lsa, garovga qo'yilgan mol-mulk egasiga qaytariladi. Kimga tegishli Bu qoida garovga qo'yuvchi (qarz oluvchi) va garovga oluvchi (bank yoki kreditor) o'rtasidagi munosabatlarga tegishli. Amalda Agar siz bankka uy ipotekasiga qo'yib 100 million so'm qarz olsangiz va qarzni to'liq qaytarsangiz, bank ipotekani bekor qilishi va uy hujjatini qaytarishi kerak. Yoki agar bank 5 yil davomida qarzni talash huquqidan foydalanmasa, ipoteka avtomatik bekor bo'ladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.