Fuqarolik kodeksi

274-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkni saqlash va asrash

Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, garovga qo'yuvchi yoki garovga oluvchi garovga qo'yilgan mol-mulk kimdaligiga qarab (ushbu Kodeksning 269-moddasi): 1) garovga qo'yilgan mol-mulk yo'qolishi yoki shikastlanishi xavfidan uning to'la qiymati bo'yicha, bordi-yu mol-mulkning to'la qiymati garov bilan ta'minlangan talabning miqdoridan oshib ketsa, talab miqdoridan kam bo'lmagan summaga garovga qo'yuvchi hisobidan sug'urtalashi; 2) garovga qo'yilgan mol-mulkning asralishini ta'minlash uchun, shu jumladan uni uchinchi shaxslarning tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun zarur choralarni ko'rishi; 3) garovga qo'yilgan mol-mulk yo'qolishi yoki uning shikastlanishi xavfi paydo bo'lganligi to'g'risida ikkinchi tarafni darhol ogohlantirishi shapt. Garovga oluvchi va garovga qo'yuvchi ikkinchi tarafdagi garovga qo'yilgan mol-mulkning mavjudligini, miqdorini, holatini va uni saqlash sharoitlarini hujjatlar asosida va amalda tekshirishga haqli. Garovga oluvchi ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan burchlarni garovga qo'yilgan mol-mulkning yo'qolish yoki shikastlanish xavfini tug'diradigan darajada qo'pol suratda buzganida garovga qo'yuvchi garovni muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.