Fuqarolik kodeksi

271-modda. Garov to'g'risidagi shartnoma, uning shakli va shartnomani ro'yxatdan o'tkazish

(271-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 14 январдаги ЎРҚ-602-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.01.2020 й., 03/20/602/0052-сон)

Garov to'g'risidagi shartnomada garov narsasi va uning bahosi, garov bilan ta'minlanadigan majburiyatning mohiyati, miqdori va bajarilish muddati yoxud garov narsasini hamda garov bilan ta'minlanadigan majburiyatni identifikatsiya qilish uchun yetarli bo'lgan ma'lumotlar ko'rsatiladi. Unda garovga qo'yilgan mol-mulk taraflarning qaysi birida ekanligi ham ko'rsatilishi kerak. Garov narsasi mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali, shu jumladan mazkur mol-mulkni alohida tur yoki tasnif sifatida tavsiflash vositasida identifikatsiya qilinishi mumkin. Garov bilan ta'minlanadigan majburiyat garovga qo'yilgan mol-mulkning qiymatidan qoplanishi mumkin bo'lgan majburiyatning eng ko'p summasini ko'rsatish yo'li bilan identifikatsiya qilinishi mumkin. Garov to'g'risidagi shartnoma yozma shaklda tuzilishi kerak. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma, shuningdek notarial tartibda tasdiqlanishi kerak bo'lgan shartnoma bo'yicha majburiyatlarni ta'minlash yuzasidan ko'char mol-mulkni yoki mol-mulkka bo'lgan huquqlarni garovga qo'yish to'g'risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi lozim, bundan birlamchi bozordan ko'chmas mulk va transport vositalarini olish chog'idagi ipoteka va garov to'g'risidagi shartnomalar mustasno. Ipoteka to'g'risidagi shartnoma tegishli mol-mulkka doir bitimlarni ro'yxatdan o'tkazish uchun belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilishi kerak. Ushbu moddaning to'rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi qoidalarga rioya qilmaslik garov to'g'risidagi shartnomaning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.