Agar shartnomada o'zgacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, garovga qo'yilgan mol-mulk garovga qo'yuvchida qoladi.
Garovga qo'yilgan muomaladagi tovarlar garovga oluvchiga topshirilmaydi.
Garov narsasi garovga oluvchi tomonidan qulflangan va muhrlangan (muhr mavjud bo'lgan taqdirda) holda garovga qo'yuvchida qoldirilishi mumkin.
Garov narsasi garovga qo'yilganligini bildiruvchi belgilar qo'ygan holda garovga qo'yuvchida qoldirilishi mumkin (qat'iy garov).
Garovga qo'yuvchi tomonidan egalik qilish yoki foydalanish uchun vaqtincha uchinchi shaxsga topshirilgan garov narsasi garovga qo'yuvchida qoldirilgan hisoblanadi.
Qimmatli qog'oz bilan tasdiqlangan mulkiy huquq garovga qo'yilganida, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, garovga oluvchiga yoki notarius depozitiga topshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
269-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkning garovga oluvchiga berilishi va berilmasligi
(269-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2015 йил 20 августдаги ЎРҚ-391-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2015 й., 33-сон, 439-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.