Fuqarolik kodeksi

257-modda. Majburiyatning bajarganligini tasdiqlash

Kreditor majburiyatning bajarilishini qabul qilib olgan vaqtida, qarzdorning talabi bilan unga majburiyatning to'la yoki qisman bajarilishini qabul qilib olganligi haqida tilxat berishi shart. Og'zaki bitimlar yuridik shaxslar bilan fuqarolar o'rtasida bajarilganida tovarlar yoki xizmatlar haqini to'lagan yuridik shaxs boshqa tarafdan pul to'langanligini tasdiqlaydigan hujjatni va to'lov asosini olishi kerak. Agar qarzdor majburiyatni tasdiqlash yuzasidan kreditorga qarz hujjati bergan bo'lsa, kreditor ijroni qabul qilib olayotgan vaqtida ushbu hujjatni qaytarib berishi, qaytarib berishning imkoni bo'lmaganida esa — buni o'zi berayotgan tilxatda ko'rsatishi kerak. Tilxat o'rniga qaytarib berilayotgan qarz hujjatiga ustxat yozilishi mumkin. Qarz hujjatining qarzdorda bo'lishi, boshqa bir hol isbotlanmaguncha, majburiyatning bekor bo'lganligini tasdiqlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.