Fuqarolik kodeksi

248-modda. Pul majburiyati bo'yicha talablarni qondirish navbati

(248-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-914-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.02.2024 й., 03/24/914/0161-сон — 2024 йил 1 январдан эътиборан юзага келган муносабатларга нисбатан ҳам татбиқ этилади)

Amalga oshirilgan to'lov summasi pul majburiyatini batamom bajarish uchun yetarli bo'lmaganda, boshqa kelishuv bo'lmasa, u eng avvalo, kreditorning ijroni olishga qaratilgan chiqimlarini, so'ngra foizlarni, uning qolgan qismi esa — qarzning asosiy summasini uzadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Agar amalga oshirilgan to'lov summasi qarz oluvchi jismoniy shaxsga yoki qarz oluvchi tadbirkorlik sub'yektiga ajratilgan mikroqarz yoki kredit bo'yicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo'lmasa, qarz oluvchining qarzi quyidagi navbatda qoplanadi: 1) asosiy qarz bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik va muddati o'tgan foiz to'lovlari mutanosib ravishda; 2) joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz bo'yicha qarzdorlik; 3) neustoyka (jarima, penya); 4) kreditorning qarzdorlikni uzish bilan bog'liq bo'lgan boshqa xarajatlari.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.