Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatni to'la hajmda yoki uning bir qismini bajarish, agar qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa, shuningdek agar uchinchi shaxs taraflardan biri bilan tegishli shartnoma orqali bog'liq bo'lsa, uchinchi shaxs zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Agar majburiyatni qarzdorning shaxsan o'zi ijro etishga majburligi qonunchilik, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, kreditor qarzdor uchun uchinchi shaxs tomonidan taklif qilingan ijroni qabul qilishi shart.
Majburiyat bajarilmaganligi uchun, basharti qonunchilik yoki shartnomada uchinchi shaxsning javobgar bo'lishi nazarda tutilgan bo'lmasa, shartnomadagi taraf javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
241-modda. Majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash
(241-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.