Fuqarolik kodeksi

234-modda. Majburiyat tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari

Majburiyat — fuqarolik huquqiy munosabati bo'lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko'rsatish, pul to'lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o'zini saqlashga majbur bo'ladi, kreditor esa — qarzdordan o'zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo'ladi. Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda ko'rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.