Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo'lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo'ladi.
Mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo'yilgan (ulushli mulk) yoki bunday ulushlar aniqlab qo'yilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk bo'lishi mumkin.
Umumiy mulk bo'lgan mol-mulk ulushlarga bo'linadi, qonunda bu mol-mulkning birgalikdagi mulkni tashkil etishi nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Umumiy birgalikdagi mulk o'z vazifasini o'zgartirmagan holda taqsimlanishi mumkin bo'lmagan (bo'linmaydigan ashyolar) yoki qonunga ko'ra taqsimlanishi mumkin bo'lmagan mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs mulkiga o'tgan paytda vujudga keladi.
Taqsimlanadigan mol-mulkning umumiy birgalikdagi mulkligi qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda vujudga keladi.
Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sudning qaroriga muvofiq umumiy mol-mulk bu shaxslarning ulushli mulki qilib belgilab qo'yilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
216-modda. Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari
(216-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.