Ko'p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlariga shu uyning umumiy joylarini, tayanch va to'siq konstruktsiyalar, kvartiralar oralig'idagi ihotalangan (o'ralma) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari va boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yerto'lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, joylar tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko'rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskunalar va qurilmalarni o'z ichiga olgan umumiy mol-mulk ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo'ladi.
Ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka egalik huquqidagi turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlari ulushlarining miqdori hamda mazkur mol-mulkni saqlash va asrash bo'yicha xarajatlarni mulkdorlar o'rtasida taqsimlash tartibi uy-joy to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchisi o'z ulushini boshqa shaxsga berishga, undan fuqarolar yoki yuridik shaxslar foydasiga voz kechishga, shuningdek uni o'ziga qarashli turar joyga yoki yashash uchun mo'ljallanmagan joyga bo'lgan mulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga o'tishiga sabab bo'luvchi o'zga xatti-harakatlar sodir etishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn211-modda. Ko'p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy mol-mulki
(211-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Ko'p kvartirali uyda har bir kvartira egasi o'z uyidan tashqari umumiy joylarni ham o'z-o'ziga tegishli deb hisoblaydi. Bunga lift, poydevor, tom, dahliz, kommunikatsiya va boshqa barcha umumiy narsalar kiradi. Har bir eganing ulushi uning kvartirasi hajmiga qarab belgilanadi.
**Kimga tegishli**
Bu huquq turar joylar va boshqa joylar mulkdorlariga tegishli.
**Amalda**
Agar uyda 10 ta kvartira bo'lsa va sizning kvartirasi 100 kvadrat metr bo'lsa, siz umumiy joylardan 10% ulushga egasiz. Lift ta'mirlash xarajatini barcha egalar o'z ulushiga qarab to'laydi. Siz o'z ulushingizni boshqa shaxsga berib yoki sotib bera olmaysiz — u faqat kvartira bilan birga o'tadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.