Mol-mulkni yo'q qilish (tugatish) natijasida mulk huquqini bekor qilishga qonunlarga zid bo'lmagan hollarda yo'l qo'yiladi.
Mulkdor tomonidan tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o'zga madaniy qimmatga ega bo'lgan mol-mulkning yo'q qilinishiga yo'l qo'yilmaydi. Alohida hollarda sud qarori bilan mazkur mol-mulk musodara qilinishi yoki agar u yo'q qilingan bo'lsa, uning qiymati undirib olinishi mumkin.
Mol-mulkni yuridik shaxsning balans hisobidan chiqarish natijasida mulk huquqining bekor qilinishi qonunchilikda yoki ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
198-modda. Mol-mulkni tugatish va hisobdan chiqarish
(198-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 7 ноябрдаги ЎРҚ-801-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 08.11.2022 й., 03/22/801/0998-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.