Fuqarolik kodeksi

190-modda. Moddiy madaniy meros ob'yektlarini xo'jasizlarcha saqlash

(190-модда Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 18 апрелдаги ЎРҚ-476-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 19.04.2018 й., 03/18/476/1087-сон)

Agar mulkdor o'ziga qarashli moddiy madaniy meros ob'yektiga xo'jasizlarcha munosabatda bo'lsa va uning but saqlanishini ta'minlamasa, madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi tegishli organlar mulkdorni moddiy madaniy meros ob'yektiga xo'jasizlarcha munosabatda bo'lishni to'xtatish haqida ogohlantiradi. Agar mulkdor ushbu talabni bajarmasa, tegishli organlarning da'vosiga ko'ra sud moddiy madaniy meros ob'yektini olib qo'yish haqida qaror chiqarishi mumkin va ushbu moddiy madaniy meros ob'yekti davlat mulkiga o'tadi. Olib qo'yilgan moddiy madaniy meros ob'yektining qiymati mulkdorga kelishuvda belgilangan miqdorda, nizo chiqqan taqdirda esa sud tomonidan belgilangan miqdorda to'lanadi. Kechiktirib bo'lmaydigan hollarda moddiy madaniy meros ob'yektini olib qo'yish haqidagi da'vo oldindan ogohlantirmasdan ham qo'zg'atilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.