Muassasa o'ziga biriktirib qo'yilgan mol-mulkni va smeta bo'yicha unga ajratilgan mablag'larga sotib olingan mol-mulkni boshqa shaxsga berishga yoki o'zgacha usul bilan tasarruf etishga haqli emas.
Agar ta'sis hujjatlariga muvofiq muassasaga daromad keltiradigan faoliyat bilan shug'ullanish huquqi berilgan bo'lsa, bunday faoliyatdan olingan daromad va bu daromad hisobidan sotib olingan mol-mulk muassasaning mustaqil tasarrufiga o'tadi va alohida balansda hisobga olinadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
180-modda. Muassasa mol-mulkini tasarruf etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.