Servitut belgilangan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari servitut kimning manfaatlarini ko'zlab belgilangan bo'lsa, o'sha shaxsdan ushbu yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun mutanosib haq talab qilishga haqlidir.
Yer uchastkasining servitut belgilangan qismi uchun yer solig'i (ijara haqi) yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari tomonidan to'lanadi, bunda servitut uchun to'lanadigan (bir martalik yoki doimiy) haq miqdori servitut amal qiladigan davr uchun belgilangan yer solig'i (ijara haqi) summasidan kam bo'lishi mumkin emas.
Servitut uchun haq to'lashga oid boshqa shartlar, shuningdek servitut to'lovsiz (tekin) amalga oshiriladigan holatlar qonunda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
173³-modda. Servitut uchun haq to'lash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.