Fuqarolik kodeksi

141-modda. Ishonchnomaning bekor bo'lishi

Ishonchnomaning amal qilishi quyidagi hollarda bekor bo'ladi: 1) ishonchnoma muddatining tamom bo'lishi; 2) ishonchnoma bergan shaxsning uni bekor qilishi; 3) ishonchnoma berilgan shaxsning bosh tortishi; 4) nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining to'xtatilishi; 5) nomiga ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining to'xtatilishi; 6) ishonchnoma bergan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo'qolgan deb hisoblanishi, yoxud uning vafot etishi; 7) ishonchnoma olgan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati cheklangan yoki bedarak yo'qolgan deb hisoblanishi, yoxud uning vafot etishi. Ishonchnoma bergan shaxs istagan vaqtda ishonchnomani bekor qilishi, ishonchnoma berilgan shaxs esa — undan voz kechishi mumkin. Bu huquqdan voz kechish haqidagi bitim haqiqiy emas. Ishonchnomaning amal qilishi bekor bo'lishi bilan uni boshqa shaxsga o'tkazish ham o'z kuchini yo'qotadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.