Fuqarolik kodeksi

139-modda. Ishonchnomaning muddati

Ishonchnoma ko'pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat ko'rsatilgan bo'lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida o'z kuchini saqlaydi. Berilgan kuni ko'rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas. Notarius tomonidan tasdiqlanib, O'zbekiston Respublikasidan tashqarida harakatlarni amalga oshirishga mo'ljallangan, amal qilish muddati ko'rsatilmagan ishonchnoma uni bergan shaxs tomonidan bekor qilingunicha o'z kuchini saqlaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.