Fuqarolik kodeksi

132-modda. Vakolatsiz vakillik

Vakil qilinmagan shaxs tomonidan boshqa shaxs nomidan tuzilgan yoki vakolatlardan tashqari chiqib tuzilgan bitim vakolat bergan shaxs ushbu bitimni keyinchalik ma'qullagan taqdirdagina uning uchun huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi, o'zgartiradi va bekor qiladi. Bitim tuzishga vakolat bergan shaxs bitimning ijroga qabul qilinganligidan guvohlik beruvchi harakatlar qilgan holda ham bunday bitim ma'qullangan hisoblanadi. Bitim tuzishga vakolat bergan shaxs tomonidan bitimning keyinchalik ma'qullanishi uni tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy bitimga aylantiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.