Voyaga yetmaganlar, muomalaga layoqatsizlar yoki muomala layoqati cheklangan voyaga yetgan shaxslar ustidan vasiylik yoki homiylik sud qaysi mamlakatga tegishli bo'lsa, o'sha mamlakat huquqi bo'yicha belgilanadi va bekor qilinadi.
Vasiyning (homiyning) vasiylikni (homiylikni) qabul qilish majburiyati uning vasiy (homiy) tomonidan belgilanadigan shaxsiy qonuni bo'yicha aniqlanadi.
Vasiy (homiy) va vasiylikka (homiylikka) olingan shaxs o'rtasidagi huquqiy munosabatlar muassasasi vasiyni (homiyni) tayinlagan mamlakat huquqi bo'yicha aniqlanadi. Biroq vasiylikka (homiylikka) olingan shaxs O'zbekiston Respublikasida yashayotgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining huquqi, basharti bu mazkur shaxs uchun qulayroq bo'lsa, qo'llaniladi.
O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ustidan belgilangan vasiylik (homiylik), agar O'zbekiston Respublikasi tegishli konsullik muassasasining vasiylik (homiylik) belgilanishiga yoki uning tan olinishiga qarshi qonunga asoslangan e'tirozlari bo'lmasa, O'zbekiston Respublikasida haqiqiy deb tan olinadi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1174-modda. Vasiylik va homiylik
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.