Fuqarolik kodeksi

1165-modda. Qat'iy normalarni qo'llash

Ushbu bo'lim qoidalari O'zbekiston Respublikasi huquqining tegishli munosabatlarni, qo'llanilishi lozim bo'lgan huquqdan qat'i nazar, tartibga soluvchi qat'iy normalari amal qilishiga daxldor emas. Biron-bir mamlakatning huquqi ushbu bo'lim qoidalariga muvofiq qo'llanilganda, agar ana shu mamlakatning huquqiga ko'ra bunday normalar qo'llanilishi lozim bo'lgan huquqdan qat'i nazar, tegishli munosabatlarni tartibga solishi lozim bo'lsa, sud boshqa mamlakatning ana shu munosabatlar bilan uzviy aloqada bo'lgan qat'iy huquq normalarini qo'llashi mumkin. Bunda sud bunday normalarning vazifasini va xususiyatini, shuningdek ularni qo'llash oqibatlarini e'tiborga olishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.