Chet el huquqini qo'llanishda sud yoki boshqa davlat organi uning normalari mazmunini bu normalarning tegishli xorijiy davlatda rasmiy talqin etilishi, qo'llanish amaliyoti va doktrinasiga muvofiq aniqlaydi.
Sud yoki boshqa davlat organi chet el huquqi normalari mazmunini aniqlash maqsadida yordam va tushuntirishlar so'rab Adliya vazirligiga va boshqa milliy vakolatli organlar hamda muassasalarga, shu jumladan chet eldagi organlar va muassasalarga murojaat etishi yoxud ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
Ishda ishtirok etayotgan shaxslar o'z talablari yoki e'tirozlarini asoslash uchun o'zlari vaj keltirayotgan chet el huquqi normalarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishga va bu normalarning mazmunini aniqlashda sudga yoki boshqa davlat organlariga boshqacha tarzda yordamlashishga haqlidirlar.
Agar ushbu moddaga muvofiq ko'rilgan chora-tadbirlarga qaramay, chet el huquqi normalarining mazmuni oqilona muddatlarda aniqlanmasa, O'zbekiston Respublikasining huquqi qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1160-modda. Chet el huquqi normalari mazmunini aniqlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.