Fuqarolik kodeksi

1153-modda. Ayrim merosxo'rlarning meros tarkibiga kiradigan mol-mulkka nisbatan imtiyozli huquqi

Meros ochilgunga qadar uch yil mobaynida meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan merosxo'rlar meros taqsimlanishida meros tarkibidan uy-joy, kvartira yoki boshqa turar joyni, shuningdek uy-joy ashyolari va ro'zg'or buyumlarini olishda imtiyozli huquqqa ega bo'ladilar. Meros qoldiruvchi bilan mol-mulkka nisbatan umumiy mulk huquqiga ega bo'lgan merosxo'rlar meros taqsimlanishida meros tarkibidan umumiy mulk bo'lgan mol-mulkni asl holida olishda imtiyozli huquqqa ega bo'ladilar. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan imtiyozli huquqlar amalga oshirilganda meros taqsimotida qatnashayotgan boshqa merosxo'rlarning mulkiy manfaatlariga rioya etilishi lozim. Agar mazkur huquqlarni amalga oshirish natijasida merosni hosil qiluvchi mol-mulk boshqa merosxo'rlarga tegishli ulushlarni berish uchun yetarli bo'lmasa, imtiyozli huquqni amalga oshirayotgan merosxo'r ularga tegishli pul yoki mol-mulk tovonini to'lashi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.