Fuqarolik kodeksi

1149-modda. Vasiyat majburiyatini qabul qilib olishdan voz kechish huquqi

Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi vasiyat majburiyatidan voz kechishga haqli. Qisman voz kechishga, izohotlar bilan, shartlar qo'yib yoki boshqa shaxsning foydasiga voz kechishga yo'l qo'yilmaydi. Ushbu moddada nazarda tutilgan huquq ayni bir paytning o'zida ham merosxo'r, ham vasiyat majburiyatini qabul qilib oluvchi hisoblangan shaxsning merosdan voz kechish huquqiga bog'liq bo'lmaydi. Agar vasiyat majburiyatini qabul qilib oluvchi ushbu moddada nazarda tutilgan huquqdan foydalangan bo'lsa, zimmasiga vasiyat majburiyati yuklatilgan merosxo'r bu majburiyatni bajarishdan ozod bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.