Meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning qaramog'ida bo'lgan va u bilan birgalikda yashagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar qonun bo'yicha merosxo'rlar jumlasiga kiradi. Qonun bo'yicha boshqa merosxo'rlar bo'lgan taqdirda, mehnatga qobiliyatsiz boqimlar vorislikka chaqirilayotgan navbatning merosxo'rlari bilan birgalikda meros oladilar.
Ushbu Kodeksning 1136 –– 1138-moddalarida ko'rsatilgan qonun bo'yicha merosxo'rlar jumlasiga mansub bo'lgan, biroq vorislikka chaqiriladigan navbatning merosxo'rlari doirasiga kirmaydigan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar, meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan-yashamaganliklaridan qat'i nazar, agar meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil uning qaramog'ida turgan bo'lsalar, ana shu vorislikka chaqiriladigan navbatning merosxo'rlari bilan birgalikda meros oladilar.
Qonun bo'yicha boshqa merosxo'rlar bo'lgan taqdirda, ushbu modda asosida vorislikka chaqiriladigan shaxslarning hammasi birgalikda ko'pi bilan merosning to'rtdan bir qismini meros qilib oladilar.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1141-modda. Meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.